Joriy yilning 26-sentyabrida Ohangaron shahridagi “Navbahor” MFY hududida joylashgan muhtasham “Majnuntol” tantanalar majmuasida 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Yangi O'zbekiston taraqqiyotining poydevori-ustoz va murabbiylar!” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda shahar hokimi Muzaffar Rajabboyev so‘zga chiqib, barcha ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etdi. O‘qituvchilarning farzandlarimiz tarbiyasi, ma’naviy kamoloti hamda jamiyatimiz taraqqiyotidagi ulkan xizmatlari alohida ta’kidlandi.
Bayram tadbiri davomida shahar madaniyat bo‘limi, 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot maktabi tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi tadbir ishtirokchilariga yanada yuqorinki kayfiyat bag‘ishladi.