2025-yil 5-sentyabr kuni O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “Bolajon” telekanalining “Bolajon shou” ko‘rsatuvida Toshket viloyati Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya yo‘nalishi o‘quvchilari jozibador raqslari bilan ishtirok etishdi.
Maktab ma’muriyati iqtidorli o‘quvchilarning kelgusi ijodlariga zafarlar tilab ularning ustozlari Xalqnazarova Miyrixan vaUmonova Fotimalarga tashakkur bildirib qoladi.