Joriy yilning 20-oktyabr kuni maktabimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimiz tarixida milliy g‘urur, o‘zlikni anglash va mustaqillik sari qo‘yilgan eng muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Til – millatning ruhi, madaniyati va ma’naviy ko‘zgusidir.
Tadbirni Ohangaron shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Shavkat Abdusattarov kirish so‘zi bilan ochib berib, yig‘ilganlarni va butun shahrimiz ahlini ushbu qutlug‘ sana bilan shahar hokimligi nomidan samimiy muborakbod etdi.
Bayram kechasida maktabimiz o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan jozibali kuylar, ona tilimizni ulug‘lovchi qo‘shiqlar va raqslar yig‘ilganlarga chinakam bayramona xushkayfiyat ulashdi.