Joriy yilning 24-avgust kuni Toshkent viliyati Ohangaron shahrida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Bayram tadbirida Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining xoreografiya va teatr sinfi o‘quvchilari jozibador ijrolari bilan tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.