Joriy yilning 27-iyul kuni Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tashabbusi bilan bolalar musiqa va san’at maktablari direktorlari hamda raqamlashtirishga mas’ul xodimlar uchun kiberxavfsizlik bo’yicha seminar-trening tashkil etildi.
Seminar davomida boshqarmaning raqamlashtirish bo’yicha mutaxassisi Yahyo Soliyev ishtirokchilarga kibermakonda uchraydigan zamonaviy tahdidlar, shaxsiy va xizmat ma’lumotlarini himoya qilish, fishing hujumlari, zararli dasturlar, kuchli parollardan foydalanish hamda internetdan xavfsiz foydalanish qoidalari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, amaliy misollar asosida axborot xavfsizligini ta’minlash, kiberxurujlarning oldini olish va raqamli madaniyatni yuksaltirish bo’yicha tavsiyalar berildi.