Maktab yangiliklari

“Dinozavr shou” nomli teatr tomoshasi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 16-may kuni maktabning faollar zalida bolajonlar uchun ajoyib tadbir tashkil etildi. Tadbirda katta qo‘g‘irchoqlar teatr-studiyasi “Dinozavr shou” nomli teatr tomoshasini namoyish etdi.

Tadbirga “Umid” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarning farzandlari taklif qilindi.

Tomosha davomida ertak qahramonlari va ulkan dinozavr obrazlari tomonidan rang-barang qiziqarli chiqishlar, namoish etilib, kichkintoylarga unutilmas taassurotlar ulashdi.