Joriy yilning 8-may kuni 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining tasviriy san’at hamda amaliy san’at yo‘nalishi bitiruvchi o‘quvchilari uchun yakuniy bitiruv imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Imtihon jarayonida o‘quvchilar bir necha yillar davomida egallagan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilari rangtasvir, qalamtasvir, kompozitsiya hamda ijodiy ishlari orqali o‘z mahoratlarini ko‘rsatishdi. Amaliy san’at yo‘nalishi bitiruvchilari esa milliy hunarmandchilik, bezak san’ati va turli ijodiy loyihalar bo‘yicha tayyorlagan ishlarini taqdim etdilar. Har bir ijodiy ishda o‘quvchilarning didi, tasavvuri va san’atga bo‘lgan qiziqishi yaqqol namoyon bo‘ldi.
Imtihonlarni tajribali ustozlar va mutaxassislardan iborat hay’at a’zolari baholab bordilar. Ular bitiruvchilarning ijodiy yondashuvi, mustaqil fikrlashi hamda kasbiy mahoratini alohida e’tirof etdilar.
Mazkur bitiruv imtihonlari o‘quvchilarning san’at yo‘lidagi ilk muhim qadami bo‘lib, ularning kelgusidagi ijodiy faoliyati uchun katta tajriba vazifasini o‘tadi. Maktab jamoasi barcha bitiruvchilarga kelgusidagi o‘qish va ijodiy ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.