Ohangaron shahrida Yoshlar ishlari agentligi, shahar madaniyat bo'limi va 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda iste’dod va san’at bayrami - “Yoshlar ovozi” hamda “Mohir fortopianachi” tanlovlarining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Yosh iste’dod egalari sahnada o‘z ovozi, mahorati va san’atga bo‘lgan muhabbatini namoyish etib, barchaga unutilmas lahzalarni tuhfa etdilar.