Joriy yilning 10-aprel kuni Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Ekologiya partiyasi Ohangaron shahar bo‘limi va 6-sonli BMSM hamkorligida “Qalbim ekologiyasi” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov davomida ekologiyamizni asrab avaylash jamiyatdagi har bir shaxsning oliy burchi ekanligi to‘g‘risida o‘quvchilarga tushunchalar berib o'tildi.
Tanlovda faol ishtirok etgan o‘quvchilar faxriy yorliqlar va sovg‘alar bilan taqdirlandi.