Maktab yangiliklari

Bo‘limlarning birlashtirilgan sinf konserti boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 17-aprel kuni Toshkent viloyati Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi xor sinfi, estrada xonandali, akademik xonandalik, xalq cholg'ulari yo‘nalishining gitara sinfi, damli va zarbli cholg‘ular yo‘nalishlarining sinf konserti bo‘lib o‘tdi.

Konsert dasturida turli sinf o‘quvchilari tomonidan yil davomida o‘zlashtirilgan asarlar ijro etildi. Yosh ijrochilar mumtoz va zamonaviy kompozitorlar asarlarini mahorat bilan chalib, tinglovchilarga unutilmas musiqiy lahzalarni taqdim etdilar.

Tadbirga o‘quvchilarning ota-onalari ham taklif etildi . Ular farzandlarining sahnadagi chiqishlarini katta qiziqish va mamnuniyat bilan kuzatib, ijrochilarni samimiy olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladilar. Konsert davomida o‘quvchilarning ijrochilik mahorati, sahna madaniyati va musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishlari yaqqol namoyon bo‘ldi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilarga tashakkurnomalar topshirildi. Ushbu sinf konserti o‘quvchilarning ijodiy yutuqlarini namoyish etish bilan birga, ularni kelgusida yanada katta marralarni zabt etishga ruhlantirdi.