Maktab yangiliklari

Maktabimiz o‘quvchilarining yutuqlari

Joriy yilning 21-24 mart kunlari “Ziyoli avlod” xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan Xiva shahrining turizm salohiyatini namoyon etish maqsadida “Khiva art fest-2026” xalqaro yosh ijrochilar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur xalqaro tanlovda Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi Ohangaron shahar 6-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabining fortepiano, torli cholg‘ular, xoreografiya va an’anaviy xonandalik yo‘nalishlari o‘quvchilari faol ishtirok etib, faxirli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Fortepiano yo‘nalishi bo‘yicha:

Alimova Sakina 1-o‘rin;

Abdullayeva Dilora 2-o‘rin;

Abdullayeva Xusnora 2-o‘rin.

Torli cholg‘ular yo‘nalishi bo‘yicha:

Bocharova Lyubov 2-o‘rin.

Xoreografiya yo'nalishi bo'yicha:

“Orzu” raqs jamoasi 1-o‘rin.

An’anaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘yicha:

Abduraximova Joziba 2-o‘rin;

Annesova Farangiz 2-o‘rin;

Abdujabborov Firdavs 3-o‘rin.

O‘qituvchilar: Atabayeva Nodira, Xalqnazarova Miyrixan, Usmonova Fotima, Allayeva Jamila va Ilyasova Viktoriya.

Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.