Joriy yil 7-fevral kuni maktabimizda aholi, san’at ixlosmandlari hamda yoshlar ishtirokida esda qolarli madaniy-ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida teatr san’atining yurtimizda e’zoz topgan namoyandalari o‘z muxlislari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, tomoshabinlarga yuksak kayfiyat va unutilmas taassurotlar ulashdilar.
Mazkur ijodiy uchrashuvda teatrning xalqimiz suygan aktyor va aktrisalari — Yodgor Sa’diyev, Tesha Mo‘minov, Erkin Komilov, Tohir Saidov, Sharofiddin Muzropov, Hamza Xasanov, Ra’no Yarasheva, Saida Rametova, Zuhra Ashurova hamda Dilnoza Kubayeva badiiy chiqishlari bilan ishtirok etib, sahna san’atining betakror namunalari orqali muxlislarni xushnud etdilar.
Uchrashuv san’atkorlarning jonli ijrolari, sahna madaniyati va samimiy muloqotlari bilan boyib, tomoshabinlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi hamda yoshlar orasida teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.