Oʻquv yili yakunlanishi arafasida, 15-may kuni davlatimiz rahbari boshchiligida maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida yozga ta’til davrida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun teatr, madaniyat markazlari va konsert zallari, sport maydonchalari, oromgoh va turizm obyektlari imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish zarurligi, maktablarda kunduzgi oromgohlar, sport, fan va kasb-hunar toʻgaraklari tashkil etilishi belgilandi.
Shu maqsadda 1-iyundan 30-avgustgacha “Zarbdor 90 kunlik” e’lon qilinib, maktab oʻquvchilari va uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni sogʻlomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilishi zarurligi ta’kidlandi.
“Dolzarb 90 kun” dasturi yozgi ta’tilni nafaqat dam olish, balki oʻquvchi-yoshlar uchun oʻsish, oʻrganish, rivojlanish va yangi imkoniyatlar sari yoʻl sifatida qaralayotganini koʻrsatmoqda. Mazkur tashabbus kelajak avlodning sogʻlom, bilimli va faol boʻlib ulgʻayishi uchun muhim zamin yaratadi.
Ushbu tadbir doirasida Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida ham muayyan ishlar tashkil qilindi. Barcha yo‘nalishlarda qisqa muddatli to‘garaklar tashkil qilingan. O‘quvchilarning yoz oylarida ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.