An’anaga ko‘ra Toshkent viloyatining bosh archasi viloyat ma’muriy markazi Nurafshon shahrida qad ko‘tardi.
Amfiteatrga o‘rnatilgan archa oldida viloyatning shahar va tumanlaridan kelgan jamoalar o‘z san’atlarini namoyish etishdi.
Joriy yilning 28-dekabr kuni Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi jamoasi ham o‘zlarining teatrlashtirilgan chiqishlari bilan tomoshabinlarni xushnud etishdi.