Joriy yilning 6-dekabr kuni Ohangaron shahrida Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Respublika ishchi guruhi vakili B.Musurmanov, shahar hokimi S.Shoqosimov, shahar prokurori M.Umarov, IIB boshlig‘i v.b A.Shodmonov, shahar faollari, deputatlar, nuroniylar, yoshlar va jamoatchilik faollari ishtirok etib, asosiy e’tibor mamlakatimiz Konstitutsiyasining jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib qilishga qaratildi.
Tadbirda shahar hokimi Konstitutsiya bayrami munosabati bilan shahar aholisiga bayram tabrigini yo‘lladi.
Dastur doirasida shahar Madaniyat bo‘limi, 6-sonli BMSM ijodkorlari tomonidan bayram konserti, ko‘rgazmalar tashkil etildi.