Shu yilning 15-noyabr kuni Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faollar zalida 16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik haftaligi doirasida tuman madaniyat bo‘limi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Ohangaron shahar bo‘linmasi, 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi, “Ko‘zi ojizlar” jamiyati hamkorligida “O‘zbekiston - bag‘rikeng dunyo” nomli festival tashkillashtirildi.
Tadbirda madaniyat bo‘limi, 6-sonli BMSM ijodiy hodimlari tomonidan turli millatga mansub kuy-qo‘shiqlar, maftunkor raqslar guldastasi namoyish etilib, barcha tomoshabinlarga yanada yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Maktab foyesida tasviriy va amaliy san’at bo‘limi o‘quvchilarining xalqlar do‘stligiga bag‘ishlangan rasmlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.