Joriy yilning 5-iyun kuni Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining konsert zalida 2024-2025-o‘quv yilida maktabni bitirgan o‘quvchilarga bitirganlik to‘g‘risidagi guvohnomani topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maktab direktori Sh. Nasirov bitiruvchilarga oq yo‘l tilar ekan, ularning kelgusi ishlariga omadlar tilab qoldi. Bitiruvchilar nomidan so‘zga chiqqa o‘quvchilar maktab ma’muriyatiga, barcha o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.