Maktab yangiliklari

“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda

Yurtimizda atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish, tabiiy ekotizimlarni saqlash va tiklash borasida keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda keng tus olgan «Yashil makon» umummilliy harakatining maʼno-mazmuni, maqsadi yurtimizda yashillikni kengaytirish barobarida tabiatni asrash, ekologiya musaffoligini saqlashga qaratilmoqda. Kuni kecha maktab hovlisida tashkil etilgan ommaviy hasharda ko‘plab mevali va manzarali daraxt koʼchatlari ekildi.

Tabiatda yashil hududlar kengaysa, yashil qalqonlar shakllantirilsa, bundan faqat foyda koʼramiz, rohatlanamiz, bashariyat kelajagi mustahkamlanadi.

Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi xodimlari ham Yashil makon umummilliy loyihasi asosida joriy yilning 8-noyabrida tashkil etilgan umumxalq hasharda faol ishtirok etishdi. Ular ajratilgan hududni tozalab ko‘chatlar ekishdi.

Yashil makon
Yashil makon
Yashil makon
Yashil makon
Yashil makon
Yashil makon