Maktab yangiliklari

Teatr sinfi o‘quvchilari telenovellada rol ijro etishdi

Ohangaron shahar 6-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida bir necha yillardan buyon teatr sinfi faoliyat yurutib kelmoqda. Hozirga kunda yosh iqtidorli o‘qituvchi Layloxon Mamasolieva o’quvchilarga aktyorlik sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Sinf o‘quvchilari O‘zbekiston markaziy televideniyesida namoyish etiladigan ko‘rsatuvlarda ham ishtirok etib kelishmoqda. Xususan, ushbu kunlarda Faxriddinova Zinnura va Amirqulova Zaxrolar “Buni hayot deydilar” telenovellasida rol ijro etishmoqda.